13.02.2023 180

Bugun xalqaro radio kuni

Assalomu alaykum. Toshkentdan gapiramiz! Bugun “Xalqaro radio kuni” ekanligidan xabaringiz bormi?

1946-yilning 13-fevrali kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotida “BMT Radiosi” ishga tushdi. Keyinchalik UNESCO tomonidan o‘tkazilgan konferensiyada 13-fevral “Xalqaro radio kuni” deb e’lon qilindi. Tarix davomida eng kuchli va eng qulay aloqa va muloqat vositasi bo‘lgan radio bugungi raqamli texnologiya davrida ham o‘z o‘rnini saqlab kelmoqda.

YUNESCO dunyoning turli nuqtasidan tinglovchilarga to‘g‘ri, sifatli va ishonchli ma’lumot yetkaza olish uchun bu kunni nishonlamoqda. Radiodan insonparvarlik yordami maqsadida foydalanish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining “radio-in-a-box” ilovasi faol ravishda foydalanilib kelinmoqda.

Radioning imkoniyati keng, shu bilan birga arzon aloqa vositasi. Radio aholining eng zaif qatlamlariga: olisda yashaydigan, xat-savodi yo‘q, imkoniyati cheklangan aholini axborot bilan ta’minlashga yordam beradi. Qisqa to‘lqinli bu eshittirish vositasi elektr, internet, telefon yo‘q paytlarida axborot yetkazib berish uchun samarali vosita bo‘lgan. Bundan tashqari, radio favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda ham muhim rol o‘ynaydi.

Bo'lishmoq: