12.05.2023 332

Bundan buyon grant kvotalarini Prezident, kontrakt kvotalarini OTMlarning o‘zi tasdiqlaydi

Prezidentning 279-son qarorida (15.06.2022-y.) bu haqda tegishli qoida belgilangan. Unga ko‘ra 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab:

— davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari (kvota) faqat davlat granti bo‘yicha tasdiqlanadi;

— to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari esa, moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlarda Kuzatuv kengashlari qarori bilan, qolganlari tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi hamda har yili 20-iyunga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

@eduuz

Bo'lishmoq: