14.02.2020 2685

Buyuk ajdodlarimizga cheksiz hurmat

Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur. Aynan ushbu ismlar tufayli o‘zbek yeri qadim zamonlardan buyon insoniyatning madaniy xazinalaridan biri hisoblanadi. Bugun Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida ikki buyuk inson, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zJOKU rektori hamda barcha professor-o‘qituchilar, talabalar ishtirok etib, ikki davlat arbobining hayoti va ijodini yod olishdi. Universitet rektori, Sherzodxon Qudratxojayev o‘z nutqida: "Ajdodlarimizning boy adabiy merosi bugungi kungacha ham chuqur ma’no-mazmunga ega. Navoiy va Bobur o‘z g‘azal va ruboiylarida sevgi, do‘stlik, go‘zallikka intilish kabi masalalarni ko‘tarishgan. Ularning she’rlarida insonning xulqi va ma’naviy kamoloti masalalariga ham to‘xtalib o‘tilib, o‘zlarida eng yaxshi axloqiy fazilatlarni tarbiyalashga oid samimiy maslahatlar berishgan. Biz kimlarning avlodidan ekanligimizni va bunga munosib bo‘lishimiz kerakligini unutmasligimiz kerak.

Shundan so‘ng talabalar buyuk ajdodlar ijodidan g‘azallar, ruboiylarni aytib berdilar. Vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlar va milliy raqslar tadbirning barcha ishtirokchilarini lol qoldirdi. "Bosma ommaviy axborot vositalari" yo’nalishi talabasi Akmalbek Yo‘ldoshev esa ijodiy tadbir davomida Navoiy va Boburni mohirlik bilan tasvirlashga muvaffaq bo‘ldi.

 

Bo'lishmoq: