12.02.2020 1098

Chinakam tajriba maktabi

Tashkil topganiga juda kam muddat bo‘lishiga qaramay, o‘z atrofida piar sohasiga qiziquvchi yoshlarni, klubni qo‘llab-quvvatlovchi auditoriyani qamrab olayotgan “PR club” bugun “O‘zbekkino” milliy agentligiga tashrif buyurdi.

Binoga qadam qo‘yishingiz bilan kino muhitiga tushib qolasiz. Xonalar va yo‘laklarning bezaklari sizga agentlik faoliyati haqida so‘zlaydi.

Dastlab tashkilot faoliyati, uning jamoasi va yaratilayotgan sharoitlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lindi. Suhbat davomida “O‘zbekkino” milliy agentligi matbuot kotibi Barno O‘ngboyeva: “Bugungi kunda ayrim jurnalist, blogerlarimiz orasida kino sohasini to‘liq anglamasdan, nohaq tanqid qilayotganlar topilyapti. Tanqid - bu rivojlantiradigan kuch, ammo u o‘rinli bo‘lishi lozim. Bir maqola yozmoqchimisiz, uni yaxshilab o‘rganing, ana shu yo‘nalishni ichiga kiring va undan keyin yozing. Hech kim bunga qarshilik qilmaydi. Kerak bo‘lsa, o‘zimiz ham moddiy, ham ma‘naviy qo‘llab- quvvatlaymiz.”, - deya talabalarga o‘zlarining qimmatli tavsiyalarini ulashdilar.

Klub a’zolari bugungi kundagi dolzarb mavzular, kasb mashaqqatlari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Uchrashuv aynan “Yoshlar media labarotoriyasi”da tashkil etilgani ham bejiz bo‘lmadi.  Har tomonlama talablarga javob beradigan, kino ruhini singdiradigan va ana shu olamga olib kirib ketadigan bu xona biz  uchun tashkil etilganligini va bemalol bu yerda amaliyot o‘tashimiz mumkinligini alohida ta’kidlandi va yana uchrashuvlar tashkillashtirishga kelishib olindi.

                    

Muxlisa Mamajonova, “PR club” majlislar va yig‘ilishlar o‘tkazish bo‘yicha mas'ul

Bo'lishmoq: