28.10.2023 692

Chingiz Aytmatov xotirasi yod etildi

Bugun mashhur qirg‘iz yozuvchisi, zamonaviy jahon adabiyotining ulkan namoyondasi hamda jamoat arbobi Chingiz Aytmatov hayoti va ijodiga bag’ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda Chingiz Aytmatovning asarlarida inson taqdiri murakkabligi va ziddiyatlari bilan ifoda etilgani tufayli kitobxonni hayajonga solishi, chuqur mushohada qilishga undashi tadbir ishtirokchilari tomonidan aytildi.

So'ngra mehmonlar Yunusobod tumanidagi Chingiz Aytmatov xotirasiga bag'ishlab o'rnatilgan barelyefga tashrif buyurib adibning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Bo'lishmoq: