15.05.2024 318

Chingiz Aytmatovning 95 yilligiga bag‘ishlangan tadbir

Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida (O‘zJOKU) buyuk qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatovning 95 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir Xalqaro Issiqko‘l Forumi bilan hamkorlikda "Chingiz Aytmatov va O‘zbekiston" mavzusida tashkil etildi.

 

Chingiz Aytmatov, jahon adabiyoti va madaniyatiga ulkan hissa qo‘shgan yozuvchi sifatida e'tirof etiladi. Tadbirda taniqli mehmonlar ishtirok etdi, jumladan, Issiqko‘l forumining vitse-prezidenti Dinara Jumabayeva, O‘zJOKU rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja, Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Zuhriddin Isomiddinov, Xalqaro Chingiz Aytmatov Akademiyasi akademigi, yozuvchi va shoir Nurali Qobul hamda O‘zbekistondagi Qirg‘iziston Respublikasi elchixonasi elchi maslahatchisi Baxit Asangul.

 

Tadbir davomida tomoshabinlarga Chingiz Aytmatovning mashhur "Jamila" qissasi asosida yaratilgan myuzikl namoyish etildi. Shuningdek, Dinara Jumabayeva ijodiga bag‘ishlangan shishada tasvirlangan mozaika ko‘rgazmasi taqdim etildi. Bu tadbir orqali Chingiz Aytmatovning ijodiy merosi yana bir bor yuksak qadrlanib, uning asarlari va faoliyati yodga olindi.

Bo'lishmoq: