19.02.2022 406

Dadaxon Yoqubov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Kuni kecha O‘zJOKUda taniqli jurnalist, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, publisist Dadaxon Yoqubov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirni “Xalqaro jurnalistika va jamoatchilik bilan aloqalar” fakulteti dekani Ravshan Rayimjonov ochib berib, nutqida mehmonning qayta qurish davridagi ijodiy faoliyati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘zbek televideniyesining 65 yillik tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatuvlardan birining muallifi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Bo'lishmoq: