22.01.2023 15

Darslar 23-yanvardan boshlanadi

Xabaringiz bor O‘zJOKUda dars mashg’ulotlari ertadan, ya’ni, 23-yanvardan boshlanadi. 1-yarim yillik darslari hali yakuniga yetmagani bois o‘quv mashg‘ulotlari eski dars jadvali bo‘yicha davom etadi.

Biroq, o’quv rejaga muvofiq darslar yakunlangan bo’lsa, siz tegishli fan bo‘yicha yakuniy nazoratga qadar qarzdor bo‘lgan darslaringizni o‘zlashtirib olish imkoniga egasiz.

Siz so‘rayotgan yakuniy nazorat imtihonlari 25-yanvardan 4-fevralgacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Imtihonlar jadvali esa dekanatlar tomonidan e’lon qilinadi.

Salomat bo‘ling.

Bo'lishmoq: