15.02.2022 561

Davlat stipendiyalari sovrindorlari

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 3 nafar talabasi bugun Davlat stipendiyalari sohibiga aylandilar!

4 yillik mehnat, o‘z ustida ishlash, ustozlarining bergan bilim, maslahat va o‘g‘itlari sababli bugun universitetning 4-kurs talabalari:
Maxsimova Risolat Qosimjon qizi - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohibasi;
Shog‘ulomov Doniyor Elmurod o‘g‘li - Islom Karimov nomli Davlat stipendiyasi sohibi;
Yo‘lchiyeva Sitora Oybek qizi - Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sohibasi bo‘ldilar.

Talabalarimizni, ularning ustozlari va ota-onalarini ushbu katta yutuq bilan chin dildan tabriklaymiz!

Biz siz bilan faxrlanamiz!

O’zJOKU - shaxsiy muvaffaqiyatdan universitet muvaffaqiyati sari!

Bo'lishmoq: