12.04.2023 444

Davlat Turdaliyevni xotirasiga bag‘ishlangan uchrashuv

Chorak asr mobaynida ovozi kirib bormagan o‘zbek xonadoni qolmagan sport sharhlovchisi Davlat Turdaliyev xotirasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Xotira kechasida marhumning farzandi Hasan Turdaliyev hamda shogirdi Baxtiyor Shirinov ishtirok etdi. Baxtiyor Shirinov ustozining mamlakatimizda sport jurnalistlarining yangi avlodi shakllanishiga katta hissa qo‘shgani tahsinga loyiqligini va shogirdlari qatorida o‘zining ham borligini aytib berdi.

Bo'lishmoq: