Bugun Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i va boshqa ma'sul xodimlari talabalarga "Argos" platformasining ishlashi va undagi bo‘sh ish o‘rinlariga hujjat topshirish va talabgorlik qilish shartlari bilan tanishitirildi.
Davlat xizmatchisi o‘ziga munosib ishni topgunga qadar bo‘ladigan jarayonlarni tizimli shakllantirish uchun mahorat darsi o'tkazildi. Tizimda bo‘sh ish o‘rinlariga nomzodlarni saralashda ochiqlik va shaffoflikni ta'minlanishi va korrupsion holatlar yuqolganligi yuzasidan maruza ham qilib o‘tildi.