Design Club Uzbekistan loyihasining navbatdagi soni
Design Club Uzbekistan #3 da taqdimot qiladigan spikerlar:
Sardor Qodirov - Grafik va veb dizayner, bloger. Freelancer sifatida eng ko‘p onlayn o‘quv-darslarini sotgan dizayner, dizayn sferasida eng ko‘p obunachiga ega bo‘lgan bloger. Mavzu: “Dizayn va pul”;
Ahmad Sobitov – “Mano Branding”da grafik dizayner. “Mobiuz”, Jizzax viloyati brendlarining dizayni muallifi. “Artograph agency”da grafik dizayner bo‘lib ishlagan. Dizayn olamida 8 yillik tajribaga ega. Mavzu: “Kecha va Kunduz”;
A’zam Saidumarov – “Useit” va “Space Marketing” art-direktori, O‘zbekistonda birinchi raqamli logistika servisi “Arrow Green Logistics” (agl.uz) da grafik dizayner. Rossiyaning “Brending Oliy Maktabi” (ВШБ) talabasi. Grafik dizayn olamida 9 yillik tajribaga ega. “PR Uzbekistan” (@pruzb) guruhi asoschisi. Mavzu: "Dizayner vs. Mijoz".
Tadbir bo‘lib o‘tadigan sana: 6-fevral. Soat: 14:00.