O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida 17-noyabr “Talabalar kuni” munosabati bilan ko‘rik-tanlov tashkil etilmoqda. Tanlovda nomzodlar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha bellashadilar.
— Eng yaxshi ijtimoiy maqola (bugungi kundagi muammoli vaziyatlar yoritiligan bo‘lishi lozim);
— Eng yaxshi dizayn (landshaft, liboslar uslublari va h.k.lar bo‘yicha);
— Eng yaxshi biznes g‘oya (start up darajasidagi loyihalar);
— Eng yaxshi ijtimoiy rolik (joylarga chiqib, dolzarb mavzular bo‘yicha tasvirga olingan bo‘lishi lozim).
Sovrinlar har bir yo‘nalish uchun:
— Birinchi o‘ringa - 1.000 000 (bir million) so‘m;
— Ikkinchi o‘ringa - 700 000 (yeti yuz ming) so‘m;
— Uchinchi o‘ringa - 500 000 (besh yuz ming) so‘m miqdorida etib belgilangan.
Tanlovga taqdim etilgan ijod mahsullarini ekspertlar anonim (talabalarning shaxsi ekspertlarga taqdim etilmagan) tarzda baholab beradilar.
Tanlov uchun materiallar joriy yilning 1-noyabridan 12-noyabrga qadar qabul qilinadi. Natijalar 15-noyabr kuni universitet rahbariyati tomonidan e’lon qilinadi va g‘oliblar talabalar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali marosimda taqdirlanishadi.
Tanlovda ishtirok eting va g‘olib bo‘ling!
Murojaat uchun: @uzjoku_tanlov (telegram) yoki +99 890 131 99 19