Ijtimoiy tarmoqlar va telegram kanallari orqali abituriyentlarning Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining natijalari, ya’ni nechanchi o‘rinda turgani va qancha ball to‘plagani kabi ma’lumotlar e’lon qilinmoqda.
O‘zJOKU ma‘muriyati bu kabi ishonchsiz va noto‘g‘ri axborotga ishonmaslikka va chalg'imaslikka chorlaydi. Bunday axborotlar abituriyentlar va ota-onalarining ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Test sinovlarining yakuniy natijalari barcha sinovlar tugagach Davlat qabul komissiyasining qarori bilan e’lon qilinadi.
O‘zJOKU rektorati