Jurnalistika ixtisosligi boʻyicha tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul boshlandi
Hujjatlar 2020-yil 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 2021-yilda tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul qilinadigan izlanuvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar https://mininnovation.uz/uz/doctorate bazasida onlayn qabul qilinadi.
TAYANCH DOKTORANTURAGA QABUL QILISH TALABLARI
magistr darajasiga, oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom (mutaxassislik dasturlari boʻyicha) ega boʻlganlar;
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qili shi mumkin boʻlgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ikkitadan kam boʻlmagan ilmiy ishlar toʻplamlariga kiritilgan maʼruza tezislariga ega boʻlganlar.
Tayanch doktoranturada oʻqishga talabgorlar quyidagi xujjatlarni taqdim etadilar:
ariza;
qisqacha biografik ma’lumotnoma;
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari boʻyicha) toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli xujjat nusxasini taqdim etadilar.
DOKTORANTURAGA QABUL QILISH TALABLARI
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalar;
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan soʻng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʻlgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy ishlar toʻplamlarida kamida ikkita tezisga ega boʻlish.
Doktoranturaga o’qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
ariza;
qisqacha biografik ma’lumotnoma;
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
oliy maʼlumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy maʼruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari.