23.08.2019 9821

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i Maktabdir!

Bugungi kengaytirilgan videoselektor O‘zbekiston ta’lim tizimida tarixiy iz qoldirishi shubhasiz.

Mamlakat Rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev yig‘ilishni boshidanoq achchiq ammo haqiqat bo‘lgan gaplardan boshladi...

Kuyunib gapirdi, jonini berib, ichidan chuqur o‘tkazib gapirdi:

"Jonkuyar, fidoyi muallimlar kerak...!";

“Ta'lim biz uchun yo hayot - yo mamot masalasidir...";

"Rektorlar fidoyi bo‘lishi kerak...;

Maktab, kollej, litseydan Oliy ta’limga ideal talabalar kam keladi, ularni o‘qitish kerak, tarbiyalash kerak, rektorlarning saviyasi baland bo‘lishi kerak...!";

"O‘zbekistonda eng obro‘li inson -Muallim bo‘lishi, butun jamiyat shunga e’tiborini qaratishi kerak...!";

"Maktabni o‘zgartirmay, odamlarni, jamiyatni o‘zgartirib bo‘lmaydi...";

"Maktablarimizga buyuk allomalar, arboblar, shaxslar nomini beramiz...";

"Ma’naviyat, ma’rifat, milliy goya ustida jiddiy ishlashimiz kerak".

Prezidentimiz "Dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktabdir!"- deya takror va takror aytar ekanlar, "Viloyat, tuman hokimlari, vazirlar, katta rahbarlar maktabga kirsin, dars bersin, bolalar bilan gaplashsin, paxta, g‘alladan muxim bu ishlar..."- deb ularga vazifa berdilar.

"Ilm olgan ustozinga ta’zimda bo‘l" - deb aytiladi hadislarda ammo ba’zida maktabdagi jarayonlarga aralashuv, muallimga rahmat o‘rniga dakki berish, izza qilish hollari uchraydi. O‘qituvchini xaqoratlashgacha borishadi ammo tarbiya oiladan boshlanadi.
Ustoz va jamoatchilik o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish kerak. Endi o'qituvchiga Siz deb gapirishimiz kerak
"Oila-mahalla-maktab" dasturini tuzamiz. Muallim obro‘sini baland qilamiz, bu jamiyatimiz uchun judayam muhim masala"-dedi mamlakatimiz Prezidenti.

Ikki soatdan ko‘proq davom etgan nutq so‘ngida Prezident Shavkat Mirziyoyev anjumanda o‘tirgan viloyat rahbarlariga Cho‘lponning "Kuchimizni xalq ichidan olaylik, quchog‘ ochib maktablarga boraylik!"-degan fikrini yozib olib, shunga amal qilishga da’vat qildi...

"Hokimlar menga paxta, qurilish bilan emas, maktablar bilan maqtansin"- dedi davlatimiz rahbari.

Raxmat, Sizga janob Prezident! Ta’lim sohasini isloh qilish uchun jon kuydirganingiz, muallim, ustoz obro‘sini jamiyatimizda oshirishga intilganingiz uchun tashakkur.
Tarixiy majlis bo‘lsin bugungi videoselektor. 
Motivatsiyani zo‘rini berdingiz, bizni dunyoqarashimiz ham o‘zgarayotgani rost bo‘lsin...

Bo'lishmoq: