30.03.2023 1332

“EDUFAIR-2023” xalqaro ta’lim va mutaxassislik ko‘rgazmasi

“EDUFAIR-2023” xalqaro ta’lim va mutaxassislik ko‘rgazmasi hozirga qadar 5 mingga yaqin yoshlar ishtirok etishdi.

Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi yoshlarga ta’lim olishlari uchun yordam berish, o‘quv yurtlarini jihozlash uchun ishlab chiqarilgan, texnik vositalar, o‘quv metodologik adabiyotlar, mebel-jihozlari va elektronlashtirishning zamonaviy yutuqlari bilan oliy o‘quv yurtlari, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, o‘quv markazlari, malaka oshirish institutlari va xususiy maktablarni tanishtirishdan iborat.

Xalqaro ta’lim va mutaxassislik ko‘rgazmasida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti jamoasi ham faol ishtirok etib, eng katta povilionga ega va eng ko‘p tashrif buyuruvchilarni qamrab olgan oliy muassasi sifatida ajralib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Xalqaro ta’lim va mutaxassislik ko‘rgazmasi ertaga ham o‘z faoliyatini davom ettiradi.

Bo'lishmoq: