20.02.2020 1543

Ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid

19-fevral kuni O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universitetida “Ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mutaxassisi Jo‘raev Shukurillo Rahimovich hamda O‘zbekiston Musulmonlar idorasi fatvo bo‘limi mutaxassisi Tursunov Abdulatif Abdulxaevich va universitet talabalari ishtirok etishdi.

Tadbirda bugungi kunda axborot xuruji davrida yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi va uni mustahkamlash masalalari, din va e’tiqodda turli yot g‘oyalarni farqlash haqida so‘z bordi.

Mahmudov Ilyosbekning “Nima uchun ko‘pchilik yoshlar, shu bilan birga, yoshi kattalar ham turli oqimlarga a’zo bo‘lib, ularning qarmog‘iga ilinmoqda. Ularni o‘ziga jalb qilayotgan asosiy g‘oyasi nima?”, degan savoliga O‘zbekiston Musulmonlar idorasi vakili shunday javob berdi: “Turli oqim va guruhlarning aholini o‘zlariga jalb qiluvchi hech qanday alohida g‘oyalari yoki bilimlari yo‘q. Shunchaki ularning qaramog‘iga tushib qolayotgan odamlarda diniy savodxonlik yo‘q. Dinning asl ma’nosini, maqsadini bilmaganligi uchun ularga ergashib ketmoqda”.

Talabalar tomonidan berilgan savollar ko‘p edi. Uchrashuv mehmonlari barcha savollarga to‘liq tarzda javob berishdi.

Bo'lishmoq: