07.01.2022 456

E’lon!

Hurmatli O‘zJOKU professor-o‘qituvchilari va talabalari!

O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarori bilan 2021-2022-o‘quv yilining qishki ta’til vaqti 2022-yilning 24-yanvarga qadar uzaytirildi (https://t.me/eduuz/7752).

Shu munosabat bilan, O‘zJOKU bakalavr kunduzgi, sirtqi, kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan va magistratura talabalarining kuzgi semestr yakunlari bo‘yicha o‘qish muddati 24-yanvardan boshlanishini bildiramiz. Bu borada darslar va yakuniy Nazorat jadvallari qayta ishlab chiqilib, Universitet rasmiy sahifalari orqali barcha xabardor qilinadi.

Universitetning talabalar turar joyida yashovchi talabalar yanvar oyi uchun ijara to‘lovidan to‘liq ozod etiladi (oldindan to‘lov qilganlarning pullari yil yakunida qayta hisoblanadi). Talabalar turar joyiga qayta kelib joylashishga 22-23-yanvardan ruxsat beriladi.

Oliy ta’lim Vazirligi bergan rasmiy xabarga ko‘ra Viloyatlardan kelib o‘qiydigan talabalar uchun o‘z uylaridan Universitetlarga qaytishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temir yo‘l chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati 2022-yilning 24-yanvariga qadar uzaytirildi (2022-yilning 11-yanvarigacha bo‘lgan muddatga xarid qilingan avia va temir yo‘l chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib beriladi).

Bo'lishmoq: