28.01.2022 368

E’lon

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Moskva avtomobil va avtomobil yo‘llari texnika universiteti (МАДИ) tomonidan respublikamiz fuqarolari uchun “Все дороги ведут к МАДИ – 2022” xalqaro intellektual tanlovi o‘tkazilmoqda. 

Mazkur tanlovda g‘olib chiqqan nomzodlar Rossiya Federatsiyasining federal byudjeti hisobidan Moskva avtomobil va avtomobil yo‘llari texnika universiteti (МАДИ)ga o‘qishga qabul qilinadilar. 

Shuningdek, ushbu grant talabalar turar joyidan yashash joyi va oylik stipendiyani o‘z ichiga oladi. 

Tanlovda qatnashish istagini bildirgan nomzodlar grant.madi.ru veb-havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari zarur. 

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun muddat: 2022-yil 28-yanvar; 

Magistratura va doktorantura uchun muddat: 2022-yil 17-yanvar; 

Tanlov uchun test sinovlari 2022-yil 29-yanvarda har bir nomzodning “Shaxsiy kabinet”ida onlayn bo‘lib o‘tadi. Tanlov g‘oliblari o‘zlari tanlagan ta’lim dasturi, ya’ni bakalavr, magistratura yoki doktorantura ta’lim dasturi bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadilar. 

“Все дороги ведут к МАДИ – 2022” xalqaro intellektual tanlovi bilan bog‘liq qo‘shimcha ma’lumotni grant.madi.ru veb-sahifasi orqali olish mumkin.

Bo'lishmoq: