07.03.2022 373

E’lon

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommuknikatsiyalar universiteti o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, doktorantlari, magistrantlari uchun stipendiya tanlovi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 4-martdagi 2/24-4/1-926-sonli xatiga muvofiq hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) ma’lumotiga ko‘ra, 2022-o‘quv yilida mazkur davlat universitetlarining magistratura yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olish uchun e’lon qilingan stipendiya tanlovi to‘g‘risidagi ma’lumot ilovada yuborilmoqda. Mazkur loyiha Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamda Koreya Respublikasining davlat universitetlari hamkorligida amalga oshirilmoqda. Koreya tomonining ma’lumotiga ko‘ra, nomzodlar respublika OTMlari o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, doktorantlari, magistrantlari qatoridan bo‘lishlari va muayyan talablarga javob berishlari lozim hamda ular hujjatlar natijalari asosida tanlab olinadilar.

Ushbu dastur haqida batafsil ma’lumot, shartlari va zarur hujjatlar ro‘yxati ilova qilinmoqda.
Shuningdek, mazkur stipendiya tanlovi to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma’lumot bilan Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) quyidagi rasmiy saytida tanishish mumkin: http://www.koica.go.kr/ciat/7815/subview.do.

Mazkur tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlarni Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Bo'lishmoq: