11.03.2022 535

E’lon

O‘zbekistonda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Xalq Diplomatiyasi markazi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga murojaat qilib, “ShHT mamlakatlari o‘rtasida ishonch va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlashda xalq diplomatiyasining roli va imkoniyatlari” mavzusida talabalar ilmiy maqolalari xalqaro ko‘rik tanlovi tashkil etilayotganini ma’lum qildi.

Ko‘rik tanlovda bakalavriat va magistratura talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Ishtirok etish uchun hujjatlar va maqolalar 2022-yil 15-martdan 29-aprelgacha muddat oralig‘ida info@scocenter.uz veb-saytiga topshiriladi.

Bo'lishmoq: