30.04.2022 472

E’lon

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti yosh professor o‘qituvchilarga, ma’muriyati xodimlariga hamda tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarida tahsil oluvchi talabalar uchun ajoyib imkoniyat.

O‘zbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvi agentligidan olingan ma’lumotga ko‘ra, Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligi tomonidan 2022-yilgi ta’lim grantlari dasturi e’lon qilingan.

Ushbu grant dasturi doirasida o‘qish uchun Xitoyning qator yetakchi OTMlaridan 37 ta magistratura va 1 ta doktorantura dasturlari taklif qilinmoqda. Har bir ta’lim dasturi hamda unga hujjat topshirish jarayoni to‘g‘risida batafsil ma’lumot ilova qilingan.

Ta’lim dasturlarining aksariyati ish tajribasiga ega (asosan kamida 3 yillik) talabgorlar uchun mo‘ljallangan.

Ushbu grant dasturi to‘g‘risidagi xabarni OTMdagi yosh professoro‘qituvchilarga, OTM ma’muriyati xodimlariga hamda tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarida tahsil oluvchi talabalarga yetkazishingizni so‘raymiz.

Ma’lumot uchun: Talabgorlar onlayn hujjat topshirish jarayonini o‘zlari mustaqil tarzda 4-mayga qadar yakunlashlari lozim. Oldinroq Xitoy hukumati grantini qo‘lga kiritgan talabgorlar qaytadan ariza berishlari kerak emas.

Talabgorlar bo‘lgan taqdirda, tavsiya etilganlar ro‘yxatini (MOFCOM Scholarship Recommendation List) hamda ularning arizalarini (Application Form).

Muddat – joriy yil 4-may.

 

Ilova hamda qo‘shimcha fayllarni quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin

Bo'lishmoq: