02.06.2022 580

E’lon

Bag‘rikenglik g‘oyalarini samarali targ‘ib etish uchun kata hissa qo‘shgan va shu sohada yetakchilik ko‘rsatgan tashkilot, muassasa yoki shaxslar uchun 2022-yilga mo‘ljallangan “Bag‘rikenglik g‘oyalarini targ‘ib etish” nomli YUNESKO/Madanjit Singx mukofoti e’lon qiladi.

“Bag‘rikenglik g‘oyalarini targ‘ib etish” nomli YUNESKO/Madanjit Singx mukofoti uchun 2022-уi| tanlovi e’lon qilindi. YUNESKO Ijroiya qo‘mitasi tomonidan 1995-yilda ta’sis etilgan mazkur mukofotning asosiy maqsadi bag‘rikenglik g‘oyalarini targ‘ib etish vа qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan ta’lim, fan, madaniyat va kommunikatsiya sohalarida muhim faoliyatlarni rag‘batlantirishdan iborat. Таnlоv qoidalariga muvofiq, mukofot bag‘rikenglik g‘oyalarini samarali targ‘ib etishga katta hissa qo‘shgan vа shu sohada yetakchilik ko‘rsatgan tashkilot, muassasa yoki shaxslarga topshiriladi. Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzod 100,000 AQSH dollaridan iborat mukofot puli bilan taqdirlanadi.

Mukofot taqdimot marosimi Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlab 2022-yilning 16-nоуаbr kuni YUNESKO Bosh qarorgohida (Parij) o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tanlovda ishtirok etish uсhun nomzodnoma shakli hamda mukofot nizomi va yo‘riqnomasi ilova etilmoqda. Yuqorida qayd etilgan tanlovda ishtirok etish uchun talab etilgan hujjatlar ingliz tilida tayyorlanib, YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi bilan maslaxatlashgan holda mukofot kotibiyatiga (tolerance.prize@unesco.org) joriy yilning 15-iyun kuniga qadar taqdim etilishi lozim.

Batafsil ma’lumotlar bilan tamishish uchun ilovadagi talab etilgan hujjatlar bilan tanishishingiz mumkin.

Bo'lishmoq: