10.08.2022 698

E’lon

Oʻzbekiston Respublikasining Ozarbayjondagi elchixonasi va Marokash Podshohligining Baku shahridagi diplomatik vakolatxonasi ma’lumotiga ko‘ra, Marokash Hukumati tomonidan O‘zbekiston fuqarolari uchun 2022/2023-o‘quv yiliga ushbu davlatning oliy va texnik ta’lim muassasalarida bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlarida tahsil olish uchun e’lon qilingan stipendiya tanlovi to‘g‘risidagi ma’limotni taqdim etadi.

Berilgan ma’lumotga ko‘ra, ta’lim fransuz tilida bo‘lganligi bois, nomzodlar O‘zbekistondagi xalqaro til markazlarida (Fransiya madaniyat markazi yoki Fransuz alyansi) imtihon topshirishlari kerak.

Tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etilgan nomzodlar mustaqil ravishda Marokash xalqaro hamkorlik agentligi (www.amci.ma) veb-saytida batafsil ma’lumotlar bilan tanishib, talabnomani to‘ldirishi va o‘qishga kirish tizimidan onlayn tarzda o‘tishi kerak.

Hujjat topshirishning oxirgi muddati – 2022-yil 30-sentabr.

Fayllarni yuklab olish

Bo'lishmoq: