28.08.2022 537

E’lon

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga sirtqi taʼlim shaklida o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

2022/2023 o‘quv yilida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga sirtqi taʼlim shaklida o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar uchun suhbat o‘tkazish jarayonlari joriy yilning 29-avgust dushanba kuni soat 10:00 da boshlanadi.

Eslatma: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga sirtqi taʼlim shaklida ikkinchi oliy taʼlim bo‘yicha o‘qishga kirish uchun suhbat jarayonlari Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Markaz 5, 88-uy manzilida joylashgan universitet binosida bo‘lib o‘tadi.

Bo'lishmoq: