Oliy ta’lim muassasalari talabalarini turar-joy bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi e'lon qilindi.
Qaror loyihasida:
— 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalari talabalari yotoqxonaga joylashish uchun faqat davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishi;
— Talabgorlarga oylik ijara toʻlovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qatʼi nazar Toshkent shahrida – bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, qolgan hududlarda – bazaviy hisoblash miqdori yarim baravari miqdorida toʻlanishi kabi yana bir qator imtiyozlar berilishi nazarda tutilgan.
Batafsil: http://regulation.gov.uz/uz/d/79031