10.11.2022 254

Erasmus+ dasturi

Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi Oʻzbekistondagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biri mamlakatimizda Boloniya jarayoni tamoyillari boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish va respublikada oliy taʼlim tizimini har tomonlama modernizatsiya qilish jarayoniga oʻz hissasini qoʻshish.
Ayni paytda Yevropa Ittifoqi Boloniya jarayonini ekspertlar milliy guruhining navbatdagi tarkibi shakllantirilmoqda.

Ekspertlikka daʼvogar nomzodlar quyidagi mezonlarga javob berishi lozim:
1. Yuqori darajada ingliz tilini bilishi;
2. Xalqaro tajribaga ega boʻlishi;
3. ECTS kredit-modul tizimini yaxshi bilishi.

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi hujjatlarni 2022-yil 18-noyabrga qadar neo@erasmusplus.uz va parallel ravishda xab@edu.uz elektron pochta manzillariga yuborishi lozim:
1. Ingliz tilida Europass formatidagi rezyume (CV);
2. Ingliz tilida motivatsion xat (1 betdan oshmagan holda).

Tanlovda ekspertlikka daʼvogarlarni oliy taʼlim tizimini isloh qilish jarayonlarida faol ishtirok etganligi, ushbu sohada dolzarb vazifalardan xabardor boʻlishi, gender va yosh balansi, ekspertning mutaxassisligi inobatga olinadi.

1-fayl yuklash

2-faylni yuklash

Bo'lishmoq: