14.12.2022 329

Eron Islom Respublikasining Televideniye va radio universiteti bilan onlayn muloqot

Bugun Eron Islom Respublikasining Televideniye va radio universiteti hamda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan hamkorlik strategiyasini ishlab chiqish uchun ishchi guruhning birinchi onlayn yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda universitet o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Aziz Xasanov boshchiligida fakultetlar dekanlari ishtirok etishdi. Oliygohlar o‘rtasida hamkorlikni yo'lga qo'yish, ikki tomonlama diplom va talabalar uchun qo‘shma ta’lim dasturlari, shuningdek, jurnalistika va kommunikatsiyalar sohasida tajriba almashish yuzasidan bir qancha masalalar muhokama qilindi. Universitetlar o‘rtasida aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida, ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolash ham ustuvor vazifalardan biri ekanligi alohida taʼkidlandi.

Bo'lishmoq: