Bugun Sherzodxon Qudratxo‘ja O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-may sanasidagi 393-sonli Qaroriga binoan, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori etib tayinlanganiga 3 yil to‘ldi!
O‘zJOKU ilmiy kengashining 27-may 2021-yil 10/6-3 sonli qaror bilan kuni kecha universitetning bir qancha xodimlari ilmiy unvonlariga loyiq topildilar. Yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilgan tanlovda universitet rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja ham ilmiy kengash qatnashchilarining eng ko‘p ovozi bilan universitet professori unvoni bilan taqdirlandi.
Universitetimiz rektori Sherzodxon Tojiddinxon o‘g‘lini bu ikki munosib e’tirof: universitet faxriy professori unvoni va albatta, rektorlik faoliyatlarini 3 yillik tantanasi bilan chin dildan qutlaymiz. Sog‘lik-salomatlik, ilmiy va ijodiy faoliyatlarida esa ulkan zafarlar tilab, doim shogirdlaringiz ardog‘ida, ustozlaringiz e‘tiborida bo‘ling deb qolamiz!