Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor Qo‘ldoshev Abdulla Hamidullayevich keldi.
Favqulodda vaziyatlar vaziri universitetdagi barcha shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Zamonaviy adabiyotlarga boy kutubxonani ko'rdi. 2019-yilda ochilgan Harbiy jurnalistika yo‘nalishi talabalari bugungi kunda juda muhim ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Darsdan so‘ng o‘z ustida ishlayotgan, yangiliklarga intiluvchan talablar bilan suhbatlashib, o’z tavsiyalarini berib o’tdi.