Bugun filologiya fanlari nomzodi, dotsent Baxtiyor Isabek O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti mehmoni bo‘ldi.
O‘zbek tili fidoiysi, tilshunos olim Baxtiyor Isabek Bosma OAV va noshirlik ishi fakuluteti talabalari uchun mahorat darsini o‘tib berdi. Olim davlat idoralarida barcha ishlar o‘zbek tilida olib borilishi, davlat va hukumat idoralarida o‘zbek tilini bilmaydiganlar bo‘lmasligi lozimligini aytib o‘tdi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tilshunos olimdan yetarlicha javob olishdi.