Bugun O‘zJOKU mehmonlar bilan to‘la!
Universitetda bugun dunyoga mashhur badavlat insonlar jurnali hisoblanuvchi “Forbes” jurnalining tahlilchi muxbiri Melik Kaylan ham mehmon bo‘ldi.
Mehmon bilan universitet rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja uchrashib jurnal va O‘zbekistondagi jurnalga taaluqli mavzular doirasida suhbat qurdi. Suhbatda avval O‘zbekistonda fuqarolarning o‘z boyliklarini davlatdan yashirishga majbur bo‘lishlari, boy bo‘lishdan, boy ekanini oshkor qilishdan qo‘rqish kabi holatlar bo‘lgani hozirda esa tadbirkorlarga umuman barchaga badavlat bo‘lishga sharoit yaratilgani va imkoniyatlardan foydalanib fuqarolarning barchasi boy bo‘lishlari kerakligi targ‘ib etilayotgani haqida so‘z bordi.
Shuningdek Melik Kaylan universitet talabalari bilan suhbatlashib ularni qiziqtirgan savollarga ham javob berdi, talabalar uchun dunyoga mashhur “Forbes” jurnalining tajribasi juda qiziqarli bo‘ldi.