Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi va Fransiya elchixonasi tomonidan YANGI loyiha! Xalqaro fransuz tili oʻqituvchilari kuniga bagʻishlangan maxsus “Envolez-vous pour la France” tanloviga start beramiz! Gʻoliblar 2022-yil dekabr oyida Fransiyaning Nitsa shahriga yoʻl olishadi!
Tanlov ikki bosqichdan iborat:
1-bosqich shartlari:
1. Ishtirokchilar 2 yil va undan yuqori pedagogik tajribaga ega universitet yoki maktabda fransuz tili oʻqituvchisi boʻlishi lozim;
2. B1 va undan yuqori xalqaro sertifikatga ega boʻlishlari kerak (DELF, DALF, TCF);
3. Tanlov ishtirokchisi ilgari Fransiya hukumati yoki Agentlik tomonidan taqdim etilgan grantlar sohibi boʻlmagan boʻlishi lozim.
2-bosqich shartlari:
1. Saralangan ishtirokchilar Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi vakillari tomonidan suhbatdan oʻtadilar
Tanlov gʻoliblari 2022-yil 24-noyabrda xalqaro fransuz tili oʻqituvchilari kunida eʼlon qilinadi!
Tanlovga arizalar 31-oktyabr 23:59 gacha qabul qilinadi!
Tanlovga roʻyxatdan oʻtish uchun havola https://forms.gle/GK5jD1P7Lzmrnmok9
Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun +998 90 9373917 raqamiga murojaat qiling
Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish Agentligi