19.09.2022 373

“GEOTAR-Media” nashriyot uyi vakili O‘zJOKU da mehmon bo‘ldi

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Rossiyaning “GEOTAR-Media” nashriyot uyi Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha direktori Ruslan Xasxanov mehmon bo‘ldi.

Tashrif davomida Ruslan Magomedovichni universitet rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja qarshi olib, universitet va undagi ta’lim yo‘nalishlari bilan tanishtiridi. Mehmon bilan universitetga kerakli bo‘lgan o‘quv sohalari va yo‘nalishlar bo‘yicha yangi adabiyotlar, o‘quv darsliklarini o‘rganib chiqqan holda barcha materiallarni O‘zJOKU axborot resurs markazi bilan hamkorlikda ishlab chiqishga kelishib olindi. Shuningdek, Ruslan Xasxanov kelajakda O‘zbekiston haqidagi ajoyib ma’lumotlar to‘plangan, barchaga qiziq va foydali bo‘lgan kitoblarni O‘zJOKU bilan hamkorlikda Samarqand qog‘oziga bosib chiqarishni niyat qilganini ta’kidlab o‘tdi.

“GEOTAR-Media” Rossiyaning yirik nashriyot-matbaa uyi hisoblanib, tibbiyotga oid adabiyotlar, qo‘llanmalarni nashr etadi. Shu kunlarda nashriyot Toshkent Tibbiyot Akademiyasi va Toshkent Pediatriya Institutiga turli ixtisoslashuvlardagi tibbiyotga oid bo‘lgan 3.0 modeldagi kitoblarni taqdim etdi.

Bugun esa nashriyot tomonidan universitet kutubxonasiga “GEOTAR-Media”ning www.rosmedlib.ru saytidan foydalanish uchun maxsus kodli kirish taqdim etildi. Ushbu kod orqali kutubxona foydalanuvchilari psixologiya, sotsiologiya, pedagogika va falsafa fanlari bo‘yicha bazada mavjud kitoblarni olib o‘qishlari mumkin bo‘ladi.

Bo'lishmoq: