O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan yaqindan hamkorlik qilib kelayotgan Germaniyaning “Deutsche Welle” akademiyasi taklifiga binoan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Nozima Muratova hamda Xalqaro va audiovizual jurnalistika fakultet dekani Ravshan Rayimjonov Germaniyaning Bonn shahrida bo‘lib turibdi.
“Deutsche Welle” (Deutsche Welle – “Nemis to‘lqini”) akademiyasida bugun universitet vakillari mehmon bo‘lib, asosiy studiyadan ikkinchi yashil studiyada jonli efirga chiqish jarayonlari amaliy sinab ko‘rishdi.
Har ikki taraf hamkorlikni yanada mustahkamlash, kelgusida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan rejalar xususan, akademiya bilan universitet o‘rtasida qo‘shma magistratura tashkil etish bo‘yicha kelishuvlar olib borishdi.