07.05.2022 49

Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi vakillari O‘zJOKUda

Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi vakillaridan Madaniyat bo‘yicha mas’ul xodimi Xori Adlha, Madaniyat departamenti assistenti janob Dominik Enzerot hamda Matbuot bo‘limi xodimi Nigora Mirzayeva 3-may Xalqaro matbuot erkinligi kuni munosabati bilan bir necha kun avval O‘zJOKUda mehmon bo‘ldilar.

Elchixona vakillari universitet va “Deutsche Welle” bilan hamkorlikda tashkil etilgan radiostudiyaning bugungi kundagi faoliyati, universitet talabalari bilan amalga oshirilgan loyihalar hamda ularga yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, universitetning xalqaro hamkorlik bo‘limi bilan yana qanday qo‘shma loyihalar ustida ishlayotgani borasida ham qiziqish bildirib, tahlil qilishdi va o‘zlarining taklif-mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi. Har ikki taraf o‘zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun tayyor ekanliklarini ham ma’lum qilishdi.

Bo'lishmoq: