02.07.2020 2288

Davlat gerbiga 28 yil to‘ldi

Bugun, 2-iyul O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbining qabul qilinganligiga 28 yil bo‘ldi. Darhaqiqat, davlat gerbi, bayrog‘i va madhiyasi ham davlat ramzi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh tasviridan hamda so‘l tomonida bug‘doy boshoqlari, o‘ng tomonida ochilgan paxta chanoqlari suvrati tushirilgan chambardan iborat.
Gerbning yuqori qismida Respublika jipsligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan: sakkiz qirra ichida joylashgan yarim oy va yulduz musulmonlarning qutlug‘ ramzidir.
Gerbning markazida himmat, oliyjanoblik va fidoyilik timsoli bo‘lgan afsonaviy Humo qushi qanotlarini yozib turibdi. Ushbu ramz va timsollar xalqimizning tinchlik, yaxshilik, baxt-saodat, farovonlik yo‘lidagi orzu-umidlarini ifodalaydi.

 

 


Gerbning pastki qismida Respublika Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bandiga «O‘zbekiston» deb yozib qo‘yilgan.

Bo'lishmoq: