30.05.2023 564

“G‘urub vaqti — she’r bahsi”

Bugun O‘zJOKU Sirtqi bo‘limi 1-kurs talabalarining darsdan keyin “Gʻurub vaqti — she’r bahsi” deb nomlangan noan’anaviy she’r oqshomi bo‘lib o‘tdi. Ijodga havasmand talabalar o‘zlari yozgan she’rlardan, qisqa hikoya (drabbl)lardan o‘qishdi. Hatto talabalar mashhur “Titanik” badiiy filmidagi mashhur saundtrekni bir talaba ijrosida bahramand bo‘lishdi. Sirtqi bo‘lim boshlig‘i Nuriddin Jabiyev O‘zJOKUning qisqa davrdagi yirik natijalari haqida, mazkur o‘quv dargohida ilm olish ham, e’tibor qozonish ham mumkinligi haqida gapirib berdi. She’r oqshomlarini keyinchalik ham davom ettirishga kelishib olindi.

“G‘urub” so‘zining ma’nosi bu yerda (https://youtu.be/xj65ndJsufk).

Bo'lishmoq: