27.04.2022 367

Hamkorlik memorandumi imzolandi

Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Yozuvchilar uyushmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Aslida, Yozuvchilar uyushmasi universitet bilan u tashkil etilgan ilk kunlardanoq hamkorlik qilib kelishar, shoir va yozuvchilar, uyushma a’zolari bilan ijodiy uchrashuvlar O‘zJOKUda tez-tez tashkil etilar edi. Bugun esa ushbu hamkorlik rasman tasdiqlandi.

Universitetda mehmonlar tantanali kutib olinib, ularning e’tiboriga talabalar tomonidan sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlardan iborat tadbir dasturi taqdim etildi. Talabalarga javoban mehmonlar ham o‘z ijod mahsullari bilan yig‘ilganlarni shod etishdi.

Badiiy qism yakunlangach, mezbon va mehmonlar universitetning eng yuqori qizil qavatida memorandumni imzolash uchun to‘plandilar. Memorandumni O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja hamda Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid imzoladilar.

Marosim yakunida Yozuvchilar uyushmasi 40 ga yaqin nomdagi 200 ta kitobni O‘zJOKU talabalari uchun universitet kutubxonasiga sovg’a qildilar.

Ishonamizki, ushbu memorandum ikki tashkilot o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqadi.

Bo'lishmoq: