22.02.2022 1550

Hind va o‘zbek oliygohlari hamkorligi

Bugun Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Hindiston Rohtak menejment instituti direktori, professor Dheeraj Sharma bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Professor Dheeraj Sharma Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyodagi bir qancha ta’lim muassasalarida dars bergan va ular boʻyicha tadqiqot olib borgan.

Uchrashuvni universitet rektori, professor Sherzodxon Qudratxoʻja ochib berdi. Ikki professor taʼlim sohasi boʻyicha oʻz tajribalari bilan oʻrtqolashib, talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

Jurnalistika, marketing, psixologiya, biznes va koʻplab boshqa sohalar boʻyicha mutaxassis boʻlgan professor va universitet talabalari oʻrtasida bugun Hindiston va Oʻzbekiston doʻstona munosabatlari, taʼlim tizimi va professorning asosiy ilmiy qiziqishlari boʻlgan - biznes sohasidagi munosabatlar, ishchi kuchi motivatsiyasi, xalqaro marketing strategiyasi, ijtimoiy media boshqaruvi va etikasi borasida juda qiziqarli suhbat boʻlib oʻtdi.

Bo'lishmoq: