15.10.2020 2103

Huawei O‘zJOKU bilan birgalikda “O'zbekistonning AKT-sharhlovchisi” tanlovini oʻtkazadi

Bu yil “Bizning hayotimizda AKT texnologiyalarining ahamiyati” mavzusi qizgʻin muhokama qilinmoqda. Birinchidan, bu mamlakatimizning “Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nomlangan 2020-yildagi rivojlanish yoʻnalishi bilan, ikkinchidan esa, oʻzaro muloqotlarimizning katta qismini onlayn tartibga oʻtkazishga sabab boʻlgan global pandemiya bilan bogʻliq. Biz – Huawei jamoasi, AKT infratuzilmasini oʻz vaqtida mustahkamlash barcha qiyinchiliklarni yengishga va barcha  uchun raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatining yaratilishiga yordam beradi deb hisoblaymiz.

20 yil davomida Huawei kompaniyasi aloqa operatorlari va AKT sohasidagi sheriklari bilan oʻzaro hamkorlikda respublikada aloqa xizmatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha muhim loyihalarda ishtirok etdi. Biz har doim mamlakatda AKT sohasini rivojlantirishga hissa qoʻshish va ushbu sohadagi boʻlajak va mavjud mutaxassislarni qoʻllab-quvvatlash uchun iqtisodiyotning turli sohalaridagi barcha davlat idoralari va tashkilotlarining AKT bilan bogʻliq nuqtalarini topib ular bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga harakat qildik.

Huawei kompaniyasi oʻzining boʻlgʻusi kasbi sifatida axborot texnologiyalarini tanlagan yosh isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlashga katta eʼtibor qaratadi, biroq shu bilan birga, mamlakatda IT-jurnalistikani rivojlantirish kabi yoʻnalish haqida ham unutmaydi. 2019-yilda Huawei kompaniyasi Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan AKT jurnalistlarini tayyorlashda hamkorlik qilish va bu hamkorlikni amalga oshirishda oʻzaro manfaatdorlikka erishish koʻzda tutilgan oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladi.

Memorandum doirasida Huawei kompaniyasi va Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti telekommunikatsiya va IT-sanoati mavzusiga qiziqqan va ixtisoslashgan, tajribali hamda endi ish boshlangan jurnalistlar (talabalar), shuningdek raqamli texnologiyalar haqida yozishni yaxshi koʻradigan IT mutaxassislari ishtirok etishi mumkin boʻlgan “O'zbekistonning AKT-sharhlovchisi” milliy tanlovi boshlanganligi toʻgʻrisida xabar beradi.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagilar kerak boʻladi:

Oʻz maʼlumotlaringizni (ism, familiya, yashash shahri, ish/oʻqish joyingiz, ijtimoiy tarmoqlardagi kanalingiz) koʻrsatgan holda @ICTobserverUZ_bot telegram botda roʻyxatdan oʻtish.

I. Ishtirokchilar texnologiyalar haqidagi uchta savolga javob berishlari kerak boʻladi:

  • 5G nima, qaysi mamlakatlar ushbu sohada kashfiyotlarni amalga oshirdi va 5G Oʻzbekistonga qanday innovatsiyalarni olib keladi?
  • Qaysi rivojlanish yoʻnalishlari Raqamli Oʻzbekistonga asos boʻlishi kerak? Mamlakat rahbariyati birinchi navbatda nimalarga eʼtibor berishi kerak?
  • Aqlli shahar. Sizning orzuingizdagi shahar qanday boʻlishi kerak? Ushbu orzuni amalga oshirish uchun hal qilinishi kerak boʻlgan asosiy muammolar nimalardan iborat?

Javoblarni insho yoki hikoya shaklida yozish mumkin (700 ta so'zdan kam bo'lmagan xajmda). Asosiy shart – bu ijodiy ishda #HuaweiUzbekistan va #ICTobserverUZ xeshteglarini tilga olib oʻtish, shuningdek ijtimoiy tarmoqdagi oʻz sahifasida ijodiy mahsulotni nashr etish va telegram botga nusxalash. Eng toʻgʻri, qiziqarli  va batafsil matnlarni taqdim etgan 20 nafar ishtirokchi sertifikat oladi va ular ikkinchi bosqichda qatnashishlari mumkin boʻladi.

II. Tanlov ishtirokchilariga Huawei kompaniyasi rivojlantirayotgan ustuvor texnologiyalardan biri – 5G, bulutli texnologiyalar, sunʼiy intellekt va aqlli shahar mavzusida insho (700 ta so'zdan kam bo'lmagan xajmda) yozish taklif etiladi. Ijodiy ishni ijtimoiy tarmoqlarda nashr etish, postni #HuaweiUzbekistan va #ICTobserverUZ xeshteglari bilan belgilash va telegram botidagi tegishli havolalarning nusxasini qoʻyish kerak boʻladi. Tanlangan mavzuni sifatli ochib bergan va auditoriyadan eng koʻp “tabiiy” ijobiy javoblarni olgan 10 nafar ishtirokchi tanlovning final bosqichida ishtirok etadi.

III. Finalchilar Huawei kompaniyasi mutaxassislari bilan intervyu olib borishadi. Tanlov shartlariga koʻra, tayyor materiallar Huawei kompaniyasining korporativ resurslarida joylashtiriladi va nomzodning ijtimoiy sahifasiga ham nusxalanadi. Maʼruzachilar fikriga koʻra eng savodli va ommabop (layklar, sharhlar va repostlar soni boʻyicha) suhbatlar tayyorlagan 3 ta sharhlovchilar 1, 2, 3-oʻrinlar uchun sovrinlar bilan taqdirlanadilar. Ishtirokchilar materiallar shaklini oʻz xohishiga koʻra tanlaydilar – matn, video va boshqa formatlarga ruxsat beriladi. Ijodkorlik va nostandart taqdimot mamnuniyat bilan qabul qilinadi va tanlov ishtirokchilariga ball qoʻshadi.

Tanlov materiallarini tekshirish va baholash jurnalistika va AKT texnologiyalari sohasining tajribali vakillari tomonidan amalga oshiriladi:

- Aleksandr Suchkov, IT jurnalist;
- Baxtiyor Nasimov, jurnalist va yozuvchi;
- Sherzodxon Qudratxo'jaev, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori;
- Davron Azizov, Huawei O’zbekiston kompaniyasining korporativ aloqalar departamenti rahbari.

Ishtirokchilarni roʻyxatdan oʻtkazish va tanlovning birinchi bosqichi 15-oktyabrdan 15-noyabrgacha davom etadi. Ikkinchi bosqichga chiqqan nomzodlar uchun tanlov 15-noyabrdan 30-noyabrgacha davom etadi. Final 30-noyabrdan 15-dekabrgacha boʻlib oʻtadi va tantanali taqdirlash marosimi sanasi gʻoliblarni aniqlash natijalariga koʻra eʼlon qilinadi. Barcha finalchilarga brend nomi bilan chiqarilgan esdalik sovgʻalar, uchta gʻolibga esa Huawei aqlli qurilmalari taqdim etiladi.

Huawei kompaniyasi haqida:

Huawei kompaniyasi – infokommunikatsiya va infratuzilma yechimlarining, shuningdek aqlli qurilmalarning xalqaro yetakchi taʼminotchisi. Uning asosiy ish yoʻnalishlari telekommunikatsiya tarmoqlari, axborot texnologiyalari, aqlli qurilmalar va bulutli xizmatlardir, shu bilan birga Huawei raqamli texnologiyalardan foydalanish biznes uchun ham, yakuniy isteʼmolchilar uchun ham qulay va oson boʻlishini taʼminlashga intilmoqda va shu bilan aqlli, mukammal aloqa dunyosini yaratishga tobora yaqinlashib bormoqda.

Huaweiʼning keng qamrovli portfelidagi mahsulotlar, yechimlar va xizmatlar yuqori darajada ishonchlilikka va raqobatbardoshlikka ega. Ekotizim boʻyicha hamkorlari bilan ochiq birgalikda ish olib borgan holda, Huawei oʻz mijozlarining imkoniyatlari doirasini kengaytirib, ular uchun tijorat salohiyatini yaratmoqda.

Huawei investitsiyalarining katta qismini global rivojlanishga yordam beradigan fundamental tadqiqotlarni oʻtkazishga yoʻnaltiradi. Kompaniyada dunyoning 170 dan ortiq mamlakatlari boʻyicha 194 mingdan ortiq xodim ishlaydi. Huawei – 1987-yilda asos solingan xususiy kompaniya. U butunlay xodimlariga tegishli.

Bo'lishmoq: