14.07.2019 6794

Ijodiy imtihon, ijodiy imtihon, nima o'zi ijodiy imtihonlar deguvchi abituriyentlarga eslatma!

Ijodiy imtihon, ijodiy imtihon deysizlar, nima o'zi u, nima bo'ladi endi ijodiy imtihonda?" deydigan qadrli abituriyentlarimiz diqqatiga! 
17-iyul kuni O'zJOKU bakalavr bosqichi va sirtqi bo'limi barcha yo'nalishlarining ijodiy imtihonlari haqida universitet binosida KONSULTATSIYA bo'lib o'tadi!

Konsultatsiyada siz ijodiy imtihonlar qachon, qay tartibda o'tkazilishi va yo'nalishingiz bo'yicha qanday imtihonlar topshirishingiz kerakligini bilib olasiz! 
Shuningdek, o'sha kuni siz imtihonlar borasida o'zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga ham javob olishingiz mumkin bo'ladi. 

Konsultatsiya soat 10:00, 14:00 Siz ulgurmay qolmang deb hatto 17:00 da ham o'tkazilmoqda. Barchasi Sizga qulaylik uchun, albatta! 

O'zJOKUga yurtimizning turli viloyatlaridan turib hujjat topshirgan abituriyentlar ham konsultatsiyada ishtirok etishlari so'raladi! Chunki ijodiy imtihonlarni faqat poytaxtda, universitetning o'zida topshirishingiz mumkin!

Bo'lishmoq: