25.01.2023 854

Iliq harorat va yuqori kayfiyatni O‘zJOKU talabalari ulashadi

Kecha, 24-yanvar kuni “My sweet home” talabalar turar joyida universitet jamoasi mehmon bo‘lishdi.

Talabalardan qishki ta'tildan olgan taassurotlari, yakuniy nazoratga hozirliklar so‘raldi.
Avvalo, hech bir tayyorgarliksiz Cho‘lpon qalamiga mansub “Go‘zal Turkiston” she’ri xonanda Shuxrat Daryo va talabalar tomonidan jo‘r bo‘lib kuylandi.

Talabalar o‘z qo‘llari bilan tayyorlagan palovni mehmonlarga tortiq qilishdi.

Bo'lishmoq: