O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Bosma OAV va noshirlik ishi fakulteti o‘zbek tili va adabiyot kafedrasi tomonidan “O‘zbekistonda xorijiy tillar” ilmiy-elektron jurnal va internet portali hamkorligida 2020-yil 16-dekabr kuni “Medialingvistika: nazariyasi va amaliyoti” mavzusida xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Unda O‘zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja, O‘zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi o‘rinbosari Xolmurod Salimov hamda ko‘plab xorijiy professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Konferensiyaga quyidagi sho‘balar bo‘yicha ilmiy maqolalar qabul qilindi:
Medialingvistika nazariyasi va amaliyoti;
Onlayn jurnalistika: til, uslub muammolari;
Matbuot materiallari tahlili va tahriri;
Audiovizual jurnalistikada medialingvistika masalalari;
PR: mahorat masalalari;
O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi;
Adabiyotshunoslik masalalari.