27.06.2019 1927

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Nozima Muratova:

Jurnalistika - kasblarning eng qizig'i nazarimda. Men jurnalist bo'lganim uchun emas, men jurnalistikani sevganim uchun shunday. Jurnalistlar uchun bugun alohida kun, o'zgacha kun. Bu kun sohaga izhorlarim bisyor.
Аziz ustozlar, hamkasblar, do'stlar, talabalarimiz sizlarni 27-iyun O'zbekiston OАV xodimlari kuni bilan tabriklayman. Jurnalistikamiz rivoji uchun qilinayotgan har bir say-harakat besamar bo'lmasin. Eng muhimi qalamimiz sinmasin.

Jurnalistika kasbiga ixlos kuygan abiturientlarga omadlar tilayman. Safimiz kengayaversin.

Bugun bayram kuni shunday yorqin ranglarda o'tdi. Ramziy bo'ldimi bilmiman, bugun jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida men jurnalistika tarixi, sohadagi bugungi kundagi o'zgarishlar va jurnalistika taʼlimidan kutilayotgan natijalar haqida Xitoylik mexmonlarni tanishtirdim. 

Fotograf: Doniyor Shog'ulomov

Bo'lishmoq: