28.03.2023 517

“Imkon” talabalar bilan qayta jonlanadi

Bugun ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy yo‘nalishda qalam tebratuvchi “Imkon” jurnali jamoasi universitetda mehmon bo‘ldi. Pandemiyadan so‘ng joriy yilning fevral oyidan boshlab qayta tiklangan jurnal, o‘z jamoasini kengaytirib, yangi nafas kiritmoqchi.

Bir oyda bir marotaba chop etiladigan jurnal talabalar uchun ochiqligini, ishlash ishtiyoqida bo‘lgan yoshlarni shartnoma asosida o‘z jamoasiga qabul qilishini aytdi. Bundan tashqari, jurnalda o‘z maqolarini chiqarmoqchi bo‘lgan talabalarga qalam haqqi to‘lanishi bildirildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, “Imkon” jurnali 2018-yil 8-oktabrda Ommaviy axborot vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi № 0992 sonli guvohnoma asosida faoliyatini boshlagan.

Bo'lishmoq: