15.02.2023 218

Imkoniyatlilikni oshirish va ertaga rivojlanish

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) 2023-yil o‘quv yilida mazkur davlat universitetlarining magistratura yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olish uchun e’lon qilingan stipendiya tanlovini e’lon qildi. Mazkur loyiha Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamda Koreya Respublikasining davlat universitetlari hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Koreya tomonining ma’lumotiga ko‘ra, nomzodlar respublika OTMlari o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, doktorantlari, magistrantlari qatoridan bo‘lishlari va muayyan talablarga javob berishlari lozim hamda ular hujjatlar natijalari asosida tanlab olinadilar. Ushbu dastur haqida batafsil ma’lumot, shartlari va zarur hujjatlar ro‘yxati ilova qilinmoqda. Shuningdek, mazkur stipendiya tanlovi to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma’lumot bilan Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) quyidagi rasmiy saytida tanishish mumkin:

http://www.koica.go.kr/ciat/index.do

Eslatma: Hujjatlarni ilova qilgan holda, 2023-yil 17-fevral 12:00 gacha xab@edu.uz elektron pochta manziliga taqdim etishingizni so‘raladi.

Biriktirilgan 1-faylni yuklash

Biriktirilgan 2-faylni yuklash

Bo'lishmoq: