X Milliy axborot-kutubxona haftaligiga start berildi.
2021-yil 8-noyabr kuni O‘zbekistot Milliy kutubxonasida “INFOLIB O'ZBEKISTON-2021” X Milliy axborot-kutubxona haftaligiga start berildi. Haftalikning tantanali ochilish marosimi bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Milliy kutubxonasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlarida tashkil etildi. Kutubxonalarning bayramona bezatilgan foyesida yangragan xalq cholg‘u asboblari, simfonik orkestri ansambli ijrosidagi klassik kuylar tadbirga bayramona ruh bag‘ishladi.
Joriy yilda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi o‘zining 150 yilligini keng nishonlamoqda.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabaeva mehmonlarini qutladi va haftalikning maqsad va mohiyatiga alohida e'tibor qaratdi. Haftalikning o`tkazilishidan maqsad: kutubxonalar har bir mahallaga kirib borib, xalqimizning ma’naviy kamoloti va ilmiy salohiyati yo‘lida xizmat qilishi lozim ekani ta’kidlab o‘tildi.
Haftalik shu tarzda o‘z ishini boshladi. Unda O`zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti axborot resurs markazi rahbari Barno Sotvoldiyeva hamda uning jamoasi ham faol ishtirok etishmoqda.