14.11.2021 519

Ingliz tilida konferensiyalar

O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Xorijiy tillar kafedrasi mudiri Gulsanam Hasanova va universitet magistrlari hamkorligida ingliz tilida turli mavzular bo‘yicha bir necha konferensiyalar tashkil etildi.

Konferensiyalarda 1-bosqich magistrlariga “Amaliy xorijiy til” fanining o‘quv dasturidagi kasbga oid siyosiy-ijtimoiy mavzularda ma’ruza, sharhlar tayyorlay olish, kasbga oid taqdimotlar, ommaviy chiqishlar, rasmiy xisobotlar va norasmiy suhbatlarni amalga oshirish, ilmiy matnlarni tushuna olish va ulardan o‘zi uchun zarur bo‘lgan axborotni ola bilish, akademik tadbirlarni tashkil etish hamda ularda ishtirok etish ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish shuningdek, nazariy bilim va ko‘nikmalarini amalda qo‘llay olish masalalari bo’yicha bilimlar berildi.

Har bir konferensiya muhokamalar va bahs-munozaralarga boy bo‘lib yuqori saviyada tashkil etildi. Albatta, ushbu ochiq darslar magistrlar uchun juda foydali va samarali dastur bo’lib xizmat qilishiga ishonamiz.

Bo'lishmoq: